• Virtual qabulxona
  • Sayt xaritasi
  • Saytga kirish

MO’YNOQDA “MILLIY MUSIQALARIMIZ FAXRIMIZ” SHIORI OSTIDA MUSOBAQA O’TKAZILDI

26 sentyabr kuni Mo’ynoq tumanida Tuman Xotin-qizlar qo’mitasi, Ma’naviyat va ma’rifat bo’linmasi hamda Maktabgacha ta’lim bo’limi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta muhim tashabbuslarining birinchi yo’nalishi asosida maktabgacha ta’lim muassasalari o’rtasida “Milliy qo’shiq musiqalarimiz faxrimiz” shiori ostida musobaqa o’tkazildi.

 

 

 

Musobaqada tumandagi 6 ta maktabgacha ta’lim muassasalari 3 ta shart: milliy raqs, milliy qo’shiq va milliy buyumlar ko’rgazmasi bo’yicha bellashdilar.

 

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Qoraqalpog’iston bo’limi axborot xizmati