• Virtual qabulxona
  • Sayt xaritasi
  • Saytga kirish

“Til bor ekan, millat barhayot”

15 oktyabr kuni Shimoli-g’arbiy harbiy okrugi Nukus garnizonida “Davlat tili haqida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganining o’ttiz yilligi munosabati bilan “Til bor ekan, millat barhayot” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

 

 

Shimoli-g’arbiy harbiy okrugi boshqaruv apparatining mas’ul ofitserlari, harbiy xizmatchilar hamda Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirokida o’tkazilgan tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog’iston bo’limi rahbari Q.Yusupov, Qoraqalpog’iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi B.Bekmuratov, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o’qituvchisi Yu.Nurjanova hamda “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori S.Qaypnazarovalarning ma’ruzalari tinglandi.

 

 

 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi

Qoraqalpog’iston bo’limi axborot xizmati