• Virtual qabulxona
  • Sayt xaritasi
  • Saytga kirish

Vatan himoyachilari kuni bo’lib o’tdi

14-Yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Qoraqalpog’iston Respublikasi Nukus shahrida  Berdax nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida «Vatanparvarlik milliy yuksalish kafolati» mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda Qorqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi Raisi, hududiy harbiy-ma’mariy sektor rahbari M.T.Erniyazov so’zga chiqib, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va Vazirlar Kengashi nomidan yig’ilganlarni bayram bilan tabrikladi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Vatan ximoyachilariga yo’llagan bayram tabrigini o’qib eshittirdi va bayram ishtirokchilarini bayram bilan tabrikladi. Tadbir davomida bir qator harbiy xizmatchilarga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan berilgan mukofotlar topshirildi.

Bayram tadbirida O’zbekiston xalq artisti Zuxra Ashurova so’zga chiqib, barchani bayram bilan tabrikladi.