• Virtual qabulxona
  • Sayt xaritasi
  • Saytga kirish

#Uyda_qoling #vahimasizkarantin #Koronavirus_biz_seni yengamiz

Ayni vaqtda  O’zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni, 13 aprel, dushanba kuni 896 nafarni tashkil qilmoqda.

O’zingiz va yaqinlaringizni asrang! Uyda qoling va kitob o’qing! Biz siz bilan birgamiz!

Yurtimiz koronavirus pandemiyasi kirib kelishi bilan xalqimiz uchun sinovli davr boshlandi. Prezidentimiz koronavirus bilan bog’liq vaziyat bo’yicha xalqimizga qilgan murojaatida; “Buning uchun birinchi navatda shifokorlar tavsiyalariga amal qilib, shaxsiy gigina va sanitariya qoidalariga har birimiz o’z oilamiz, bolalarimiz bilan uyimizda, ishxonamizda va boradigan joylarimizda qat’iy amal qilishimiz zarur” degan edilar.

Bugungi kunda davlatimiz rahbarining bu boradagi ko’rsatma va topshiriqlari bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan o’z navatida,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog’iston bo’limi Karantin davrida imkon darajasida xodimlarning distantsion tarzda (imkon qadar o’z uyida) faoliyat yuritishi uchun zarur choralar  ko’rilgan bo’lib, Koronavirus pandemiyasini tarqalishini oldini olishga qaratilgan tushuntirish va targ’ibot ishlari bo’yicha markaz tamoninidan berilgan «10 kunga 10 alloma» “Uyda qoling kitop uqing” loyhasi bo’yicha  va Sohibqiron Amir Temur tavalludining  684 yillligiga bag’ishlab “Amir Temur – buyuk davlat bunyodkori, ilm-ma’rifat homiysi” shiori ostida o’tkaziladigan onlayn “Amir Temur oyligi” mavzusida ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilib barmoqda. Koronavirus munosabati bilan belgilangan karantin qoidalariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan qoidalariga qattiy va istisnolarziz rioya etishimiz kerak.

Jahon miqyosida koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, shu jumladan, insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalarning faoliyatini to’xtatish orqali misli ko’rilmagan choralar ko’rilmoqda. Koronavirus dunyo bo’ylab 10 yoshga qadar bo’lgan bolalarda hali aniqlanmagani, umuman olganda, bolalarda bu kasallik deyarli uchramasligi aytilgan bo’lsada, har bir ota-ona o’z farzandlari sog’lig’iga jiddiy e’tibor qaratish lozim. O’z uyida qolgan har bir shaxs o’z oila a’zolarini, bollarini vaqtini mazmunli o’tkazish uchun sport bilan shug’ullanish va adabiy kitoblar o’qish onlayn darslarda faol ishtirok etishga alohida e’tibor qaratish zarur.

O’z navatida, barcha belgilangan qoida va cheklovlarga tartibli ravishda amal qilinsagina. Tegishli tashkilotlar talablari qatiy bajarilsagina, bugun dunyoda tarqalayotgan ushbu virusga qarshi birgalikdagi, hamjihatlikdagi kurashimiz samara beradi. Barchangizni shunga shaqiramiz.