• Virtual qabulxona
  • Sayt xaritasi
  • Saytga kirish

Veteranlar doimo yuragimizda!

Sheripbaev Aybek Rozimbaevich
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi “Ma’rifat” targ’ibotchilar jamiyatining Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha bosh mutaxassisi.
Insoniyat tarixida juda kup urushni boshidan kechirgan bo’lib, bularning ichida eng kattasi XX asrning ikkinchi yarim yillikda bo’lib o’tgan 50 mingdan oshgan insonning yostig’ini qurutgan urush bo’lib, bu ikkinchi jahon urushda qatnashganlar xisoblanadi. 1941-1945-yillar davomida fashizmga qarshi urush bir qancha yosh yigit-qizlarning umrlarini xazon qilishdi. Bu har bir veteranlarning xotirasida unutilmas bo’lib hisoblanadi. Shu davrda yigit qizlarning yuragidagi ona-vatanga bo’lgan muhabbati, vatanni qo’riqlash uchun urushda qatnashishlariga majbur etdi. Bu urush besh yil davom etib, O’rta Osiyodan necha minglab odamlar vatan uchun jonlarin fido etdilar. Urush davrining oqibatlarini o’z boshidan kechirgan odamlarning eslashlariga qaraganda shu davrlarda sovet hukumatini qo’riqlash uchun hamda ortida qolgan ona-vatan tuyg’usi turar edi.
Yurtimizning tinch obod va farovon turmush kechirishi uchun o’z jonlarin fido etgan vatandoshlarimiz shu insoniyat tarixidagi eng katta urushda qatnashgan.
Insonning aqliga kelmaydigan voqia bilan tarixta qolgan Ikkinchi jahon urushida shu davrdagi mustaqil bo’lgan 73 mamlakatdan 63 mamlakat qatnashgan va buning oqibatida er yuzi aholisining 80 % ni qamrab olgan. Urushga aralashmay qolgan 11 ta mamlakat qandaydir bir tarafdan nemetslarga yoki sovetlarga yon bosgan, 40 ta mamlakatda urush bo’lib o’tgan, 3 materik 4 okean da olib borilgan, 110 million qurollangan askarlar qatnashgan bu urushda hisob kitoblarga qaraganda 60 milllion odam vafot etgan ana shu millionlab vafot etganlar orasida O’zbekiston Respublikasidan 6,5 milllion odam qatnashgan. Urush bo’layotgan mamlakatlardan O’zbekistonga 1,5 milliondan ziyod odam ko’chirilib olib kelingan, bu ko’chirilib olib kelingan odamlarning barchasi o’zi urush qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan ko’ngli pok, mehri daryo xalqimiz o’z uyidan bosh pana bergan.